Ko'p so'raladigan savollar
Prava imtihoni, Hayda ilovasi va to'lov tartibi haqidagi savollar. Javob topa olmadingizmi? Telegram orqali yozing.
Ilova qaysi qurilmalarda ishlaydi? +
iOS (iPhone va iPad, iOS 14+) va Android (7.0+) qurilmalarda ishlaydi. Oflayn rejim qo'llab-quvvatlanadi — savollar va materiallar qurilmangizga yuklab olinadi, internet bo'lmasa ham mashq qilish mumkin.
Savollar rasmiy prava imtihoni savollariga to'g'ri keladimi? +
Ha. Hayda ilovasidagi 1200+ savol O'zbekiston YHQ imtihonining rasmiy to'plamiga (lex.uz asosida) mos keladi. Haqiqiy imtihonda aynan shu savollardan biri chiqadi. Savollar muntazam yangilanib turiladi.
Prava imtihoni qancha savol, qancha vaqt? +
Rasmiy YHQ nazariy imtihoni: 20 ta savol, 25 daqiqa, o'tish bali 18/20 (maksimum 2 ta xato). Savollar tasodifiy tanlanadi. Hayda ilovasidagi "Imtihon rejimi" aynan shu sharoitni simulyatsiya qiladi.
Bepul sinov davri qanday ishlaydi? +
Ro'yxatdan o'tgandan keyin 7 faol kun bepul beriladi. "Faol kun" — siz amalda mashq sessiyasi boshlagan sana. Faqat haftasiga bir marta kirganingizda sinov ~7 haftaga yetadi. Sessiyani davom ettirish (resume) faol kun sifatida hisoblanmaydi.
Qaysi tillar qo'llab-quvvatlanadi? +
Uch tilda: o'zbekcha lotin, o'zbekcha kirill va ruscha. Tilni istalgan vaqtda sozlamalardan o'zgartirish mumkin. Bir sessiyada bitta til tanlanadi.
To'lov qanday amalga oshiriladi? +
To'lov HUMO yoki UZCARD karta orqali bank o'tkazmasi (P2P) yo'li bilan amalga oshiriladi. Ilova ichida karta raqami va summa ko'rsatiladi. To'lovdan so'ng kvitansiya rasmini ilova orqali yuklaysiz — administrator tekshiradi va 24 soat ichida tarifingizni faollashtiradi. Batafsil: narxlar sahifasi.
To'lov tasdiqlash qancha vaqt oladi? +
Ish vaqtida (9:00–22:00) odatda 1–4 soat. Kechasi yuborilgan so'rovlar ertalab ko'rib chiqiladi. Maksimum kutish vaqti 24 soat.
Tarifni muddati tugamasdan uzaytirish mumkinmi? +
Ha. Yangi tarif amaldagi muddatning oxiriga qo'shiladi — hech narsa yo'qolmaydi. Masalan, 15 kun qolgan bo'lsa va 1 oylik tarif sotib olsangiz, jami 45 kun bo'ladi.
Video savollar nima? +
Rasmiy prava imtihonida ba'zi savollar harakatlanuvchi vaziyatni ko'rsatuvchi qisqa video bilan keladi (haydovchi nuqtai nazaridan). Bu savollar ayniqsa qiyin — vaqtni to'g'ri baholash, ustuvorlik va boshqa qoidalarni amalda qo'llash talab etiladi. Video savollar ilova obunasiga kiradi.
Ilovaga kirish uchun parol kerakmi? +
Yo'q. Google yoki Telegram hisobi orqali bir tugma bilan kirish mumkin. E-mail orqali ham kirish mavjud — pochta manzilingizga havola yuboriladi, bosasiz va kirish amalga oshadi. Hech qanday parol yaratish shart emas.
Savolda xatolik topgan bo'lsam nima qilaman? +
Har bir savolda ⚠️ "Xabar berish" tugmasi mavjud. Sabab va izohlangizni yozing — administrator ko'rib chiqadi va zarur bo'lsa savolni to'g'irlaydi. Bu barcha foydalanuvchilarga yordam beradi.
Prava imtihoniga tayyorlanishni boshlang — bepul