Hayda

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 1-yanvar

1. Umumiy ma'lumot

Hayda ilovasi ("biz", "xizmat") foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilishni muhim deb biladi. Ushbu siyosat qanday ma'lumotlar to'planishi, ular qanday ishlatilishi va qanday himoyalanishini tushuntiradi.

2. To'planadigan ma'lumotlar

Hisob ma'lumotlari:

  • Google yoki Telegram orqali kirganingizda: ism, elektron pochta manzili (Google da) va foydalanuvchi identifikatori
  • Elektron pochta orqali kirganingizda: elektron pochta manzili

Foydalanish ma'lumotlari:

  • Mashq sessiyalari (javoblar, natijalar, vaqt)
  • Saqlangan savollar va statistika
  • Ilova sozlamalari va tanlangan til

3. Ma'lumotlar qanday ishlatiladi

  • Ilovani ishlashini ta'minlash va takomillashtirish
  • Foydalanuvchi statistikasi va o'quv jarayonini kuzatish
  • To'lov maqomini tasdiqlash va obunani boshqarish
  • Texnik muammolarni aniqlash va bartaraf etish

4. Ma'lumotlarni uchinchi tomonlar bilan ulashish

Biz foydalanuvchi ma'lumotlarini sotmaymiz va reklama maqsadida ulashmaymiz. Faqat quyidagi holatlarda uchinchi tomonlarga ma'lumot uzatilishi mumkin:

  • AWS (ma'lumotlarni saqlash va elektron pochta yuborish uchun)
  • MongoDB Atlas (ma'lumotlar bazasi)
  • Qonun talabi asosida

5. Ma'lumotlar xavfsizligi

Barcha ma'lumotlar HTTPS orqali uzatiladi. Parollar saqlanmaydi (parolsiz autentifikatsiya ishlatiladi). Kirish tokenlari xavfsiz saqlash mexanizmlarida (Keychain/Keystore) saqlanadi.

6. Foydalanuvchi huquqlari

Siz quyidagi huquqlarga egasiz:

  • Ma'lumotlaringizni ko'rish va o'zgartirish (Sozlamalar → Hisob)
  • Hisobingizni o'chirish (Sozlamalar → Hisob → Hisobni o'chirish)
  • Ma'lumotlarni o'chirish so'rovi bilan bog'lanish

7. Bog'lanish

Savollar uchun: support@hayda.uz