YHQ prava testiga tayyorlanishning to'g'ri yo'li
Hayda — bilet yodlash uchun emas, tushunib o'qish uchun. Har bir savol tushuntirish va qoida bilan keladi.
Yuklab oling — bepul
App Store (iOS) yoki Google Play (Android) dan bepul yuklab oling. Google, Telegram yoki e-mail orqali bir daqiqada ro'yxatdan o'ting. Parol kerak emas.
7 kunlik bepul sinov
Ro'yxatdan o'tgandan so'ng siz darhol barcha funksiyalardan foydalana olasiz — 7 faol kun bepul beriladi. "Faol kun" — siz amalda mashq sessiyasi boshlagan sana. Haftasiga bir marta kirganingizda bu taxminan 7 haftaga yetadi.
💡 Sessiyani to'xtatib, keyinroq davom ettirish (resume) yangi kun sifatida hisoblanmaydi — faqat yangi sessiya boshlash bir faol kun sarflaydi.
Mashq rejimini tanlang
Maqsadingizga qarab 6 xil rejimdan birini tanlaysiz. Har bir sessiya boshlanishidan oldin til, savollar aralashtirilishi va boshqa sozlamalarni belgilash mumkin.
Savollarga javob bering — tushuntirish bilan
Har bir savolga javob bergandan so'ng:
- ✓ To'g'ri javob yashil, noto'g'ri javob qizil bilan belgilanadi
- ✓ Tushuntirish — nima uchun bu javob to'g'ri ekanligi
- ✓ YHQ qoidasi — tegishli yo'l harakati qoidasiga havola
- ✓ Savolni saqlash yoki xato haqida xabar berish imkoniyati
Natijalar va statistika
Har bir sessiya tugagandan so'ng batafsil natijalar ko'rsatiladi: nechta to'g'ri, qaysilari xato, har bir savol bo'yicha ko'rib chiqish imkoniyati.
Statistika bo'limida mavzu bo'yicha aniqlik darajangiz, o'sish dinamikasi va zaif tomonlaringiz ko'rsatiladi — imtihongacha vaqtingizni eng zarur mavzularga sarflaysiz.
🌐 Til tanlash
Uch tilda mashq qilish mumkin: o'zbekcha lotin, o'zbekcha kirill va ruscha. Har bir sessiyada til alohida tanlanadi — bir kunda ikkala tilda mashq qilish mumkin.
Rasmiy prava imtihoni ham o'zbek va rus tilida o'tiladi — ilovada qaysi tilda ko'proq ishlasangiz, o'sha tilda imtihon topshirish qulayroq.
📵 Oflayn rejim
Savollar qurilmangizga yuklab olinadi. Internet bo'lmasa ham barcha rejimlar to'liq ishlaydi. Internet qaytganda sessiya natijalari va statistika sinxronlashtiriladi. Yo'lda, metrod, uyda — hamma joyda mashq qilish mumkin.
Prava imtihoniga tayyorlanishni boshlang
7 kunlik bepul sinov. Birinchi mashq sessiyasidan boshlanadi.