Prava imtihon ilovasi narxlari
Barcha tariflar bir xil to'liq funksiyalarni o'z ichiga oladi.
✅ Ro'yxatdan o'tgandan so'ng 7 kunlik bepul sinov beriladi
Tarifga nima kiradi?
✓
1200+ rasmiy YHQ savol (barcha prava biletlari)
✓
Video savollar (harakatlanuvchi vaziyat)
✓
6 mashq rejimi: bilet, imtihon, mavzu, marafon, saqlanganlar, xatolar
✓
Har bir savol uchun batafsil tushuntirish va YHQ qoidasi
✓
Yo'l belgilari kutubxonasi (barcha rasmiy belgilar)
✓
Statistika va zaif mavzular tahlili
✓
Oflayn rejim — internetsiz ham ishlaydi
✓
3 tilda: o'zbekcha lotin, o'zbekcha kirill, ruscha
🎁 Bepul sinov davri
Har bir yangi foydalanuvchiga 7 ta faol kun bepul beriladi.
"Faol kun" — siz mashq sessiyasi boshlagan kun. Faqat haftasiga bir marta kirganingizda sinov taxminan 7 haftaga yetadi. Sessiyani to'xtatib davom ettirish (resume) yangi kun sifatida hisoblanmaydi — faqat yangi sessiya boshlash bir faol kun sarflaydi.
💳 To'lov tartibi — HUMO / UZCARD
To'lov bank o'tkazmasi yo'li bilan amalga oshiriladi — ilova ichida karta raqami va summa ko'rsatiladi.
-
1
Ilovani yuklab oling (bepul)App Store yoki Google Play'dan yuklab, ro'yxatdan o'ting. 7 kunlik bepul sinov avtomatik boshlanadi.
-
2
Tarifni tanlangIlova ichida "Obuna" → tarifni tanlang → to'lov ko'rsatmalari ochiladi: karta raqami va summa.
-
3
Bank orqali o'tkazingBankingiz ilovasi orqali ko'rsatilgan HUMO yoki UZCARD karta raqamiga summani o'tkazing.
-
4
Kvitansiya rasmini yuboringTo'lov kvitansiyasi (screenshot yoki rasm)ni Hayda ilovasidan yuklang.
-
5
Faollashtirish — 24 soat ichidaAdministrator kvitansiyani tekshiradi. Ish vaqtida (9:00–22:00) odatda 1–4 soat.
Ko'p so'raladigan savollar
Bepul sinov tugagach nima bo'ladi?
Mashq sessiyasini boshlash uchun tarif sotib olishingiz kerak. Yo'l belgilari va saqlangan savollarni ko'rib turishingiz mumkin.
Tarif muddati qachon boshlanadi?
To'lovingiz tasdiqlanib, tarif faollashtirilgan kundan boshlanadi.
Muddati tugamasdan yangi tarif sotib olsam?
Yangi tarif amaldagi muddatning oxiriga qo'shiladi. 15 kun qolgan bo'lsa + 30 kun = 45 kun.
To'lovim qaytarib berilishi mumkinmi?
Tarif faollashtirilguncha so'rov yuborsangiz — to'liq qaytariladi. Faollashtirilganidan keyin — holat ko'rib chiqiladi, murojaat qiling.